Ilovani oʻrnatish
GapirAI.uz alohida yuklab olinadigan ilova emas — u toʻgʻridan-toʻgʻri brauzerdan bosh ekranga oʻrnatiladi. Tez ochiladi, joy egallamaydi, bildirishnoma keladi.
Android
- 1Chrome brauzerida gapirai.uz ni oching
- 2Yuqori o’ng burchakdagi ⋮ menyusiga bosing
- 3“Ilovani o’rnatish” yoki “Bosh ekranga qo’shish” ni tanlang
- 4“O’rnatish” tugmasini bosing — ilova bosh ekranga qo’shiladi
iPhone / iPad
- 1Safari brauzerida gapirai.uz ni oching (Chrome emas)
- 2Pastdagi “Share” (yuqoriga o’q) tugmasiga bosing
- 3Ro’yxatdan “Bosh ekranga qo’shish” (Add to Home Screen) ni tanlang
- 4O’ng yuqoridagi “Qo’shish” (Add) ni bosing
Bildirishnomalar iPhone’da faqat iOS 16.4+ da va ilova bosh ekrandan ochilganda ishlaydi.
Kompyuterda: Chrome manzil qatorining oʻng tomonidagi oʻrnatish belgisini bosing.