Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 2026-yil 28-oktabr
1. Biz to'playdigan ma'lumotlar
Platformamizdan foydalanganingizda, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish maqsadida quyidagi ma'lumotlarni to'playmiz:
- Siz kiritgan YouTube video manzillari va davomiyligi;
- Tizimga kirish uchun foydalanadigan login va elektron pochta manzili;
- To'lov tafsilotlari (to'lovlar bevosita Click to'lov shlyuzi orqali amalga oshiriladi va biz kartangiz ma'lumotlarini saqlamaymiz).
2. Ma'lumotlardan foydalanish
To'plangan ma'lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
- Dublyaj va tarjima jarayonini amalga oshirish;
- Hisob-kitoblar va to'lovlarni amalga oshirish hamda tasdiqlash;
- Texnik muammolarni bartaraf etish va foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash.
3. Ma'lumotlar xavfsizligi
Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz xavfsizligini ta'minlash uchun SSL shifrlash va zamonaviy xavfsizlik protokollaridan foydalanamiz. Biroq, internet orqali ma'lumot uzatishning 100% xavfsizligini kafolatlab bo'lmaydi.
4. Uchinchi shaxslarga ma'lumot uzatish
Xizmat ko'rsatish jarayonida matnlarni tarjima qilish uchun OpenAI va nutq sintezi uchun Microsoft Azure xizmatlariga faqatgina videodagi matnli ma'lumotlar uzatiladi. Sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga sotilmaydi.
5. Chrome kengaytmasi «GapirAI — YouTube oʻzbekcha»
Kengaytma faqat YouTube videolarini oʻzbekcha ovoz va subtitr bilan koʻrsatish uchun ishlaydi va quyidagilardan foydalanadi:
- Kirish maʼlumoti. Brauzeringizda gapirai.uz saytiga kirgan boʻlsangiz, kengaytma saytning kirish cookie'sini (auth_token) oʻqiydi va undan faqat api.gapirai.uz ga soʻrov yuborishda foydalanadi. Parol yoki boshqa maʼlumot oʻqilmaydi.
- Ochilgan YouTube video identifikatori. GapirAI hisobingizga kirgan boʻlsangiz, YouTube video sahifasini ochganingizda shu videoning identifikatori (masalan, dQw4w9WgXcQ) siz uchun tayyor dublaj bor-yoʻqligini tekshirish uchun serverimizga yuboriladi. «Dublaj qilish» tugmasini bossangizgina video havolasi dublaj uchun yuboriladi. Boshqa saytlar yoki YouTube'dagi boshqa faoliyatingiz kuzatilmaydi.
- Sozlamalar. Asl ovoz darajasi, subtitr va ovoz tanlovi faqat brauzeringizning oʻzida (chrome.storage) saqlanadi.
Kengaytma reklama koʻrsatmaydi, analitika yoki kuzatuv vositalaridan foydalanmaydi, maʼlumotlarni sotmaydi va uchinchi shaxslarga bermaydi. Kengaytma orqali olingan maʼlumotlardan foydalanish Chrome Web Store User Data Policy talablariga, jumladan Limited Use talablariga mos keladi.